Главная » 2020 » Июнь » 2 » Qanday haroratda koronavirusning tarqalishi sekinlashishi aniqlandi
22:35

Qanday haroratda koronavirusning tarqalishi sekinlashishi aniqlandi


Havo harorati hamda boshqa ob-havo omillari haqiqatan ham yangi koronavirusning tarqalishiga ta’sir qiladi. ScienceDaily ma’lumotlariga ko‘ra, infeksiyaning tarqalishi amerikalik olimlar tomonidan aniqlanishicha, + 11 darajada sekinlashadi.

Mutaxassislar yanvar oyining oxiridan aprel oyining oxirigacha Qo‘shma Shtatlardagi COVID-19 kasalligi va uning havo harorati, yog‘ingarchilik va ultrabinafsha nurlanish bilan o‘zaro bog‘ligi haqida kunlik ma’lumotlarni tahlil qilishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, koronavirusning iliq ob-havo sharoitida tarqalishi sovuq ob-havoga qaraganda ancha past. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, havo namligi va yog‘ingarchilik epidemiologik vaziyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi, ultrabinafsha nurlanishining yuqori darajasi esa yangi holatlarning o‘sish sur’atini pasaytirishga yordam beradi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: tarqalishi, koronavirusning, aniqlandi, Qanday haroratda, sekinlashishi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя