Главная » 2021 » Май » 22 » Qibraydagi qator mahallalar Toshkent shahri tarkibiga o‘tmoqda
15:04

Qibraydagi qator mahallalar Toshkent shahri tarkibiga o‘tmoqda


Toshkent viloyati Qibray tumaniga qarashli 20 ta mahalla fuqarolar yig‘ini (jami 4402 gektar) Toshkent shahri tarkibiga o‘tkaziladi. Bu haqda joriy yil 20 may kuni Xalq deputatlari Qibray tuman kengashining tegishli qarori qabul qilingan.

Jumladan, Qibray tumanidagi:

  • Jarboshi, Tashisti, Ibrat, Mirishkor, Arg‘in, Bahor, Chinor va Tovkentepa mahallalari (2107,4 gektar) poytaxtning Yashnobod tumani;
  • Geofizika, Alisherobod, Chingeldi, Do‘stlik, Taraqqiyot, Barkamol, Bog‘ishamol, Vatanparvar, Amir Temur, Mevazor, Gulbog‘, Gulzor-1 va Pastki-yuz mahallalari (2294,6 gektar) Mirzo Ulug‘bek tumani tarkibiga o‘tkaziladi.

Belgilanishicha, Qibray tumani okrugidan saylangan xalq deputatlari Qibray tuman kengashining deputatlari tegishlicha xalq deputatlari Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tuman kengashlari tarkibiga o‘tgan hisoblanadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: mahallalar, tarkibiga, Toshkent shahri, Qibraydagi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя