Главная » 2017 » Январь » 11 » Rayhon: Oilani saqlab qolish borasida fikr bildirish uchun yetarli tajribaga ega emasman
08:40

Rayhon: Oilani saqlab qolish borasida fikr bildirish uchun yetarli tajribaga ega emasman


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva jurnalist Jasur Hamroyev bilan intervyuda muxlislarning turli mavzulardagi savollariga javob berdi. Ulardan biri oilani saqlab qolish uchun nima qilish kerakligi haqida so‘radi, deb yozadi“Darakchi.uz”.

Rayhon bu savolga quyidagicha javob berdi:

“Oilani va undagi muhabbatni saqlab qolish uchun nima qilish kerak?” degan savolga, o‘ylashimcha bir necha yillardan keyin javob bera olishim mumkin. Chunki o‘shanda menda haqiqatdan ham bu savolga javob berishim uchun yetarlicha tajriba bo‘ladi. Bugun esa men rafiqa sifatida har qanday vaziyatda ham turmush o‘rtog‘imni qo‘llab-quvvatlashim va undan bir pog‘ona pastda bo‘lishim kerakligini tushunaman. Eng asosiysi, er va xotin o‘rtasida muhabbat bo‘lishi va ular o‘zaro bir-birini tushunishi kerak. Agar er-xotin bir-birini tushunmasa, turmush darz keta boshlaydi. Biroq agar tuyg‘ular bo‘lsa, har qanday vaziyatda ham hammasini o‘zgartirish mumkin.

Ma’lumot uchun, Rayhon va Yigitali 2012-yilda turmush qurgan, 2014-yilda esa egizak farzandli bo‘lgan. 2016-yil mayida Rayhon va Yigitalining nikohi rasman bekor qilingani ma’lum bo‘ldi. 2016-yil noyabrida Rayhon boshlovchi Farhod Alimovga turmushga chiqdi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Rayhon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя