Главная » 2016 » Ноябрь » 3 » Rayhon undan g‘azablanayotgan muxlislariga javob berdi
14:19

Rayhon undan g‘azablanayotgan muxlislariga javob berdi


Xonanda Rayhon G‘aniyeva hamda mashhur boshlovchi Farhod Alimovlarning turmush qurishayotganliklari haqidagi xabar kimnidir hursand qilgan bo‘lsa, yana kimningdir g‘azabiga duchor bo‘ldi. Xullas Rayhonning Instagramdagi sahifasi ana shu kabi ta’na-dashnomli fikrlarga to‘lib toshdi. 

Rayhon shu kabi izohlarga bitta qilib javob yozishga qaror qildi.

“Bekorga harakat qilmang, mehnatingizga achinaman. Men ularni hatto o‘qimayman. Sizlarga vaqtingizni foydaliroq narsalarga sarflashingizni maslahat bergan bo‘lardim. Atrofingizga nazar soling, ahir hayotimizda mo‘’jizalar qanchalar ko‘p, ularni qanday sezmasligingiz mumkin? Bu yo‘l bilan sizlarga o‘z muhabbatimni izhor qilishga urunyapman. Hatto siz meni o‘zingizga do‘st deb bilmasangiz ham, men sizlarni baribir yaxshi ko‘raman va ulkan baxt tilayman. Chin qalbdan.”

Eslatib o‘tamiz, 5 noyabr kuni Farhod va Rayhonning nikohlari munosabati bilan poytaxtimizning restoranlaridan birida Amru-Ma’ruf dasturxoni yoziladi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Rayhon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя