Главная » 2017 » Январь » 10 » Rayhon yangi konsertida uch ayol san’atkor bilan duet kuylaydi
13:00

Rayhon yangi konsertida uch ayol san’atkor bilan duet kuylaydi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda fevral oyida bo‘lib o‘tadigan yangi konsertiga oid ayrim ma’lumotlarni oshkor qildi. 

Xususan, Rayhonning aytishicha, yangi konsertida u uch ayol san’atkorlar bilan duet ijro etadi. 

Birinchi duet xonandaning yaqin dugonasi Munisa Rizayeva bilan ijro etiladi. Rayhon mazkur duet “Sayyod.com” sayti rahbari taklifiga ko‘ra yaratilganini aytib o‘tdi. 

Ikkinchi duetdosh esa qiziqchi Halima Ibragimova. 

Uchinchi duet xonanda Ziyoda bilan birga kuylanadi. Rayhon Ziyodaning ayni paytda homiladorligini hisobga olgan holda “menimcha, konsertda birga kuylashga ulguramiz, deb o‘ylayman”, deya qo‘shimcha qildi. 

Ma’lumot uchun, Rayhon 20-21-22-23-24 fevral kunlari “Istiqlol” san’at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: konsert 2017, Rayhon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя