Главная » 2021 » Июль » 7 » Saida Mirziyoyeva Allamjonov uchun «qalqon»mi? Mass-media fondi raisidan javob
21:08

Saida Mirziyoyeva Allamjonov uchun «qalqon»mi? Mass-media fondi raisidan javob


Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi raisi Komil Allamjonov BBC o‘zbek xizmatiga intervyu bergani haqida xabar qilingandi.

Suhbat davomida jurnalist Allamjonovga: «Ko‘pchilik Allamjonov-Saida Mirziyoyeva tandemini ko‘rishga ko‘nikib bo‘ldi. Aytinchi, shu vaqtcha Saida Mirziyoyev siz uchun qandaydir qalqon vazifasini o‘tadimi? Harholda u prezident qizi...»—deya savol berdi.

«Albatta, Saida Mirziyoyevaning shu yo‘nalishga kelishi prezidentimizning jurnalistlar va matbuotga bo‘lgan e’tibori deb o‘ylayman. Saida Mirziyoyeva tandemi bilangina biz bugungi yutuqlarga erisha oldik. Matbuot xizmatlarining joriy qilinishi, matbuot muammolarining hal etilishi, uni yuqori rahbariyatga olib chiqishda Mirziyoyevaning roli katta»,—deya javob beradi Allamjonov.

Shuningdek, u yaqindagina chiqqan kitob bo‘yicha to‘xtalgan. Allamjonovga ko‘ra, asar ambitsiyalarni ifodalovchi, yoki memuar emas, shunchaki motivatsiya uchun yozilgan. 


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Saida Mirziyoyeva, Allamjonov, Mass-Media | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя