Главная » 2020 » Июнь » 6 » Yolg‘iz haydovchi mashinada tibbiy niqobsiz harakatlanishi mumkin - Toshkent shahar IIBB
16:27

Yolg‘iz haydovchi mashinada tibbiy niqobsiz harakatlanishi mumkin - Toshkent shahar IIBB


Avtotransport vositasini boshqarib ketayotgan yolg‘iz haydovchi harakat davomida tibbiy niqobsiz yurishi mumkin. Bu haqda Kun.uz muxbiri Toshkent shahar IIBB axborot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda. 

Ta'kidlanishicha, bunday vaziyatda avtotransport vositasida haydovchidan boshqa hech kim bo‘lmasligi lozim. Shuningdek, u harakatni to‘xtatgan payti tibbiy niqobni taqishi lozim. 

O‘zbekiston hukumati maxsus komissiyasi o‘rnatgan tartib bilan jamoat joyida himoya niqobisiz bo‘lish ma'muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ushbu holat avtomobil boshqaruvidagi haydovchilarga nisbatan ham tatbiq etilayotgandi. 

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning aytishicha, avtomobildagi yo‘lovchi va haydovchilarning ham jarimaga tortilishiga aholining karantin tartibiga bepisand munosabatda bo‘layotgani sabab bo‘lgandi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkent shahar IIBB, tibbiy niqobsiz, harakatlanishi mumkin, haydovchi, mashinada | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя