Главная » 2018 » Январь » 11 » Yuqorichirchiqda 4-sinf qizi daraxtga o‘zini osib qo‘ydimi yo osilib qoldi?
20:49

Yuqorichirchiqda 4-sinf qizi daraxtga o‘zini osib qo‘ydimi yo osilib qoldi?


Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani Arganchi hududida joylashgan Usmonobod mahallasi, Ko‘xinur ko‘chasida yashovchi, 12-maktabning 4-sinf o‘quvchisi Barno Hasanova hovlisidagi gilos daraxtiga osilib qolgan. Bu haqda O‘zA xabar tarqatmoqda.

Tuman IIBga 2018 yilning 10 yanvar kuni soat 15:55 da 4-sinf o‘quvchisining bo‘yin qismidan osilgani bo‘yicha xabar kelib tushgan.

Qizalov Barno Hasanovaning onasi Gulnoza Abdusalomovna Karimova uyi hovlisidagi gilos daraxtida bo‘yni bilan osilib turgan qizini ko‘rgan zahotiyoq uni qutqarib olgan.

Barno hovlida uynab gilos daraxti ustiga chiqadi va undagi arqonni olmoqchi bo‘ladi. O‘sha vaqt qizaloq ehtiyotsizlik oqibatida arqonga bo‘yni bilan osilib qoladi. Onasining zudlik bilan ko‘rsatgan yordami sabab Barno shifoxonaga olib kelingan va unga “mexanik asfiksiya” – nafas yetishmovchiligi tashxisi qo‘yildi.

Toshkent viloyati IIB Tergov boshqarmasi xabariga ko‘ra, shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan Barnoga hozirda to‘liq tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: 4-sinf, Yuqorichirchiq, yo osilib qoldi, daraxtga, qizi, o‘zini osib qo‘ydi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя