Главная » 2021 » Февраль » 5 » Zominlik fuqaro 95 ming dollarga chuv tushdi
22:12

Zominlik fuqaro 95 ming dollarga chuv tushdi


Jizzax viloyati Zomin tumani «Birlik» MFYda yashovchi Sh.T.dan 2019-yilning may oyida Toshkent shahri Olmazor tumani Qoraqamish dahasida yashovchi fuqaro F.A. Turkiyaga kovul eksport qilishini aytib, qiymati 95 ming dollarga teng 70 tonna kovul g‘unchalarini olib ketgan.

O‘tgan vaqt davomida Sh.T. «eksportchi»dan pullarini ololmagan.

Forish tumanining chekka Qizilqum mahalla fuqarolar yig‘inida xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlari tungi soat 4:00da fermer xo‘jaligi hududida harakatlanayotgan «Lacetti»ni to‘xtatib, tekshirganlarida avtoulov yukxonasida 1 bosh qo‘y borligi ma’lum bo‘ldi.

Olib borilgan surishtiruv davomida Forish tumanining «Uchma» QFYda yashovchi «Lacetti» haydovchisi T.A. ushbu qo‘yni tanishlari R.A. hamda Sh.T. bilan birga «Qizilqum» MFYdagi dala maydonidan o‘g‘irlaganliklari aniqlandi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: dollarga, Zominlik, chuv tushdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя