Главная » 2017 » Июнь » 26 » 10 yillik tanaffusdan keyin Obid Asomovga rasman lisenziya berildi
18:07

10 yillik tanaffusdan keyin Obid Asomovga rasman lisenziya berildi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov uzoq yillik tanaffusdan so‘ng Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyani qo‘lga kiritdi. Lisenziya so‘z ustasiga joriy yilning 13 iyun kuni taqdim etilgan.

Shundan so‘ng Obid Asomov “Milliy” telekanalining anonslarida paydo bo‘ldi. Taniqli qiziqchi ishtirok etgan “Kulish shart!” dasturi shanba kuni soat 21:20 da efirga uzatiladi.

Ma’lumot o‘rnida, Obid Asomov 1963 yilning 22 oktyabrida Toshkent shahrida dunyoga kelgan. U ko‘plab badiiy filmlarda rollar ijro etgan. Jumladan, “Kulol va xurmacha”, Tohir va Zuhra, “Dev bilan pakana” va boshqalar.

Bundan tashqari, “Rossiya” telekanalida efirga uzatiladigan mashhur so‘z ustasi Yevgeniy Petrosyanning “Krivoe zerkalo” yumoristik dasturida ishtirok etadi.

Sumbula


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Obid Asomov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя