Главная » 2016 » Декабрь » 15 » Obid Asomov nabirali bo‘ldi
15:43

Obid Asomov nabirali bo‘ldi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov oltinchi bor nabirali bo‘ldi. So‘z ustasi bu haqda o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali xabar berdi.
 
Aslida qizaloqning tug‘ilganiga bir oydan oshgan. Biroq, so‘z ustasi bu haqda ma’lum sabablarga ko‘ra kech xabar berayotganini ma’lum qilgan.
 
“Bolaligimdan hind kinolaridan “Sangam”ni yaxshi ko‘rganman! Shuning uchun ikkinchi qizimizning ismini Nargiz qo‘yganmiz. Gap shundaki, Nargiz qizimiz yaqinda ikkita o‘g‘ildan keyin qiz nabira sovg‘a qildi.
 
Irimchiroqman, shuning uchun kichik chillasi chiqib, endi aytayapman. Qisqasi, “shestikratniy dedushka” bo‘ldim! Bundan katta baxt bo‘lmasa kerak. Yaratganga behisob shukr!”, deydi Asomov.
 
Eslatib o‘tamiz, so‘z ustasi Obid Asomov 1963 yil 22 oktyabrda Toshkentda tavallud topgan. Rafiqasi Dulfuza Asomova bilan  Dilorom, Nargiza, Odilxon, Nozima ismli farzandlarni voyaga yetkazishgan.

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Obid Asomov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя