Главная » 2016 » Ноябрь » 27 » Obid Asomov Nodir polvonni xotirladi
16:42

Obid Asomov Nodir polvonni xotirladi


24 noyabrdan 25 noyabrga o‘tar kechasi, komik aktyor, xalqimizga Nodir Polvon nomi bilan tanish bo‘lgan Nodir Saidaliev vafot etgani haqida xabar bergan edik.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, Nodir Saidalievning bir necha kun davomida tobi bo‘lmagan. 25 noyabr kuni tungi soat 04:00 da esa u yorug‘ olamni yurak yetishmovchiligi sababli tark etgan.
 
Aktyor sifatida “Dev va pakana” filmida, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning “Muhabbat”, xonanda Jahongir Poziljonovning “Baqaloq” qo‘shig‘iga olingan klipdagi rollari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish edi.
 
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov Nodir Saidaliev bilan “Dev va pakana” filmida birgalikda rol ijro etgan. Kecha, 25 noyabr kuni Obid Asomov hamkasbining bevaqt vafoti munosabati bilan uni yodga oldi.

“Bandamiz , bir daqiqadan keyin nima bo‘lishimiz fakat yaratganga ayon! Nodir va men “Dev bilan pakana” filmida tanishgandik. O‘zbekistondagi mana man degan qirqtacha polvonlar ichidan rejissyor Jahongir Qosimov aynan shu yigitni tanlab olib xato qilmagan ekan! Juda sodda, ko‘ngli ochiq, pokiza inson edi rahmatli! To‘qqiz oy birga ishladik! Natija yomon bo‘lmadi! Kino “Kinoshok” xalqaro festivalida oliy sovringa sazovor bo‘ldi! Ey, gapirsam gap ko‘p... Alloh rahmatiga olsin ! Oilasiga Allox sabru jamil bersin!”, deydi Obid Asomov o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali.
 
Ma’lumot uchun, Nodir Saidaliev 1979 yili tavallud topgan. Oilali, bir o‘g‘il va bir qizning otasi edi.
  
Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Nodir Saidalievning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.24 noyabrdan 25 noyabrga o‘tar kechasi, komik aktyor, xalqimizga Nodir Polvon nomi bilan tanish bo‘lgan Nodir Saidaliev vafot etgani haqida xabar bergan edik.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, Nodir Saidalievning bir necha kun davomida tobi bo‘lmagan. 25 noyabr kuni tungi soat 04:00 da esa u yorug‘ olamni yurak yetishmovchiligi sababli tark etgan.
 
Aktyor sifatida “Dev va pakana” filmida, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning “Muhabbat”, xonanda Jahongir Poziljonovning “Baqaloq” qo‘shig‘iga olingan klipdagi rollari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish edi.
 
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov Nodir Saidaliev bilan “Dev va pakana” filmida birgalikda rol ijro etgan. Kecha, 25 noyabr kuni Obid Asomov hamkasbining bevaqt vafoti munosabati bilan uni yodga oldi.

“Bandamiz , bir daqiqadan keyin nima bo‘lishimiz fakat yaratganga ayon! Nodir va men “Dev bilan pakana” filmida tanishgandik. O‘zbekistondagi mana man degan qirqtacha polvonlar ichidan rejissyor Jahongir Qosimov aynan shu yigitni tanlab olib xato qilmagan ekan! Juda sodda, ko‘ngli ochiq, pokiza inson edi rahmatli! To‘qqiz oy birga ishladik! Natija yomon bo‘lmadi! Kino “Kinoshok” xalqaro festivalida oliy sovringa sazovor bo‘ldi! Ey, gapirsam gap ko‘p... Alloh rahmatiga olsin ! Oilasiga Allox sabru jamil bersin!”, deydi Obid Asomov o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali.
 
Ma’lumot uchun, Nodir Saidaliev 1979 yili tavallud topgan. Oilali, bir o‘g‘il va bir qizning otasi edi.
  
Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Nodir Saidalievning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Obid Asomov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя