Главная » 2016 » Декабрь » 5 » 17 yoshli qizlarning savollariga mutaxassis javobi
20:00

17 yoshli qizlarning savollariga mutaxassis javobi


Oliy toifali akusher-ginekolog Mahmuda Imomqulova savollarga javob beradi.

 Men balog‘atga yetgan bo‘lsam-da xanuzgacha hayz ko‘rmayapman, nima uchun shunday?                                                                                                                                                                                                              Z.K.

— Zudlik bilan shifokor endikronologga ko‘rinib to‘liq tibbiy tekshiruvdan o‘tishingiz zarur. Chunki ba’zan endokrin bezlari (qalqonsimon, gipofiz, buyrak usti bezlari) ishining ishdan chiqishi, jinsiy gormonlar yetishmasligi, bachadondagi turli nuqsonlar, masalan qiz bola bachadonsiz tuQilgan bo‘lsa (gipoplaziya)  yoki tuxumdon faoliyatining susayishi hayz ko‘rmaslikka olib keladi. Asosiy sabab aniqlangandan keyin o‘tkazilgan  davolash ishlari albatta naf beradi.

*   *   *

— Hayz paytida ishlatiladigan taglik (prokladka) va tamponlarning zarari ham bor deb eshitganman. Shu rostmi?

Ziyoda

— Qizlar uchun mo‘ljallangan prokladkalarning xech bir zararli tomoni yo‘q, chunki ular gigienik talablarga to‘la javob beradi. Biroq, tamponlar qin ichiga qo‘yilishi sababli, ulardan qiz bolaning foydalanishi tavsiya etilmaydi.

*   *   *

 “Yomon” kasallik yuqtirishdan qo‘rqib yashayman. Ular chindan xam xavflimikin? Qanday saqlanish kerak?

Nodira

 Hozircha jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarning 20 dan ortiq turi ma’lum. Masalan, zahm (sifilis), OITS (SPID), so‘zak (gonoreya), trixomonoz, xlamidioz, jinsiy a’zolar gerpesi singarilar ayniqsa ko‘p uchraydi. Bu xastaliklarni yuqtirgan qiz-juvonlar o‘z vaqtida davolanmasa, dardning og‘ir asoratlaridan qiynalishadi.Chunki bu kasalliklar tufayli jinsiy a’zolarda yallig‘lanish kuchayib, u peshob yo‘llari orqali qorin bo‘shlig‘iga tarqaladi, keyinchalik esa bepushtlikni keltirib chiqaradi. Kasallikni yuqtirmaslik uchun tasodifiy jinsiy aloqadan saqlanish kerak. Shuningdek, poliklinikalarda tashxisga deb qon topshirganda,  umumiy xojatxonalardan foydalanganda va ko‘pchilik cho‘miladigan hammom yoki saunalarga borganda kasallik yuqmasligi uchun ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish lozim. Jinsiy xastaliklar yuqishidan saqlanishda tozalikka rioya qilish ham muhim ahamiyatga ega.

*   *   *

— Sport mashqlarini bajarish qizlik pardasiga ziyon yetkazmaydimi?

S.N

— Qizlar sportning barcha turi bilan bemalol shug‘ullanishlari mumkin. Lekin juda uzoq masofaga sakrashda ehtiyot bo‘lgan ma’qul. Agar qiz bola sport bilan shug‘ullanayotganda tasodifan yiqilib jarohat olsa yoki oyoqlari orasiga biror jism kirib, qin shikastlansa qizlik pardasi yirtilishi mumkin. Jinsiy a’zosi shikastlangan xollarda qizlar ginekolog shifokor tekshiruvidan o‘tishlari muhim.

GULJAMILA yozib oldi


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Qizlar, 17 yoshli qizlar, savollar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя