Главная » 2017 » Март » 13 » 6 kunda 5 kg.ga qanday ozish mumkin?
15:12

6 kunda 5 kg.ga qanday ozish mumkin?


Birinchi kun

Nonushta: yarim stakan yog‘siz sut, vinegret salati, sariyog‘ surtilgan 1 bo‘lak qora non.

Ikkinchi nonushta: 100 gr. pishloq, 2 bo‘lak qora non.

Tushlik: karam sho‘rva (borщ), sabzavotli salat, 2 bo‘lak qora non.

Tushlik va kechki taom o‘rtasida: 150 gr. dimlab pishirilgan baliq go‘shti, 2 bo‘lak qora non.

Kechki taom: istalgan bo‘tqa, yarim stakan sut, 1 bo‘lak qora non.

Ikkinchi kun

Nonushta: 1 dona qaynatilgan tuxum, sabzavotli salat, sariyog‘ surtilgan 1 bo‘lak qora non.

Ikkinchi nonushta: 2 bo‘lak qora non, 1 stakan yog‘siz sut.

Tushlik: sabzavotli sho‘rva, 100 gr. qaynatilgan go‘sht, 2 bo‘lak qora non, vinegret salati.

Tushlik va kechki taom o‘rtasida: 100 gr. pishloq.

Kechki taom: 1 bo‘lak qora non, 1 stakan sut, sabzavotli salat.

Uchinchi kun

Nonushta: istalgan sabzavot (salat yoki dimlab pishirilgani), sariyog‘ surtilgan 2 bo‘lak qora non yoki pishloq bilan, asalli choy.

Ikkinchi nonushta: yarim stakan sut, 2 bo‘lak qora non.

Tushlik: sabzavotli sho‘rva, 100 gr. qaynatilgan go‘sht, sabzavotli salat, 2 bo‘lak qora non.

Tushlik va kechki taom o‘rtasida: 150 gr. yog‘siz tvorog.

Kechki taom: sabzavotli salat, 2 bo‘lak qora non.

Eslatma!

Choy va suv ichish miqdori cheklanmagan. Istakka ko‘ra parhezni xuddi shu shaklda olti kun davom ettirish mumkin. Go‘sht va sut mahsulotlarining yog‘siz bo‘lishiga e’tibor qarating.

 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Ozish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя