Главная » 2017 » Апрель » 13 » ​Ozish uchun och qolish shart emas!
11:59

​Ozish uchun och qolish shart emas!


Quyidagi mahsulotlar organizmdagi moddalar almashinuvini yaxshilab, ortiqcha suyuqlikni chiqarib tashlaydi, ovqat hazm qilish tizimini yaxshilaydi va eng asosiysi, yog`larni eritadi.

1. Tvorog, kefir, yogurt, qatiq

Hujayralardagi ortiqcha yog`lardan xalos qilishga yordam beruvchi kalsitriol gormoni aynan sutli mahsulotlarda juda ko`p miqdorda bo`ladi. Yog`siz sut mahsulotlari parhez qilayotganlar uchun ayni muddaodir. Qatiq esa teri ostidagi yog`larni parchalash xususiyatiga ega.

2. Karam

Karamning barcha turlari: gulkaram, brokkoli kabilar ozish uchun juda foydali. Bu sabzavot tanangizdagi barcha ortiqcha narsalarni haydab chiqaradi. Kaloriyasi juda past bu sabzavotlardan har kuni, albatta, salatlar tayyorlab eng.

3. Bodring

Ozish uchun ko`p suv ichish kerak, ammo bunga qiynalsangiz, suvning o`rnini bosuvchi bodringdan eng. Uning po`stini olmay eyish tavsiya etiladi. Bodring po`sti vitaminlar va mikroelementlarga boy.

4. Ko`k choy

Ko`k choy organizmni qizdiradi, tozalaydi va ovqatning tez hazm bo`lishiga ko`maklashadi. Ko`k choy tarkibidagi tiamin moddasi nafaqat teri ostidagi yog`larni, balki ichki organlar atrofida yig`ilgan yog`larni ham eritib yuboradi.

5. Malina

Boshqa reza mevalarga qaraganda shakari kam va past kaloriyali meva bu – malinadir. Malina me`da shirasi ajralib chiqishiga yordam beradi, shuning uchun malinani ovqatlanib bo`lgandan so`ng eyish tavsiya etiladi.

6. Loviya

Dukkakli o`simliklar sirasiga kiruvchi loviya oqsillarga juda boy. Ozish uchun esa oqsil ayni muddao. Ko`proq dukkakli o`simliklardan eng, ular tanani qurutish xususiyatiga ega.

7. Xantal va erqalampir

Go`sht va baliqdan tayyorlangan taomlarga, salatlarga xantal va erqalampirdan oz-ozdan qo`shib, eyishni odat qiling, albatta, gastrentrolog maslahatidan so`ng. Bu ikki mahsulot me`da shirasi ishlab chiqarishni yaxshilaydi va hazm bo`lishi qiyin bo`lgan og`ir va yog`li taomlarni parchalab tashlaydi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: diēta, Ozish, shart emas, semizlik, och qolish, ​Ozish uchun | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя