Главная » 2020 » Июнь » 10 » Charter reys orqali kelgan samarqandlik koronavirusdan vafot etdi
23:02

Charter reys orqali kelgan samarqandlik koronavirusdan vafot etdi


Rossiyadan charter reys orqali kelgan samarqandlik fuqaro koronavirusdan vafot etdi. Bu mamlakatda qayd etilgan o‘n to‘qqizinchi o‘lim holati hisoblanadi. Bu haqda bugun, 10 iyun kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, samarqandlik A. shu yilning 27 may kuni Sankt -Peterburgdan charter reys orqali yurtimizga kelgan va Karantin markaziga tibbiy kuzatuvga olingandi. Unda joriy yilning 1 iyun kuni COVID-19 infeksiyasi tasdiqlanib, poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Koronavirus infeksiyasiga chalingan ushbu bemor (erkak) uzoq yillar davomida o‘tkir leykoz, surunkali anemiya og‘ir darajasi va nafas yetishmovchiligi kabi kasalliklar bilan davolanib kelgan.

Shu yilning 1 iyun kuni bemorning ahvoli og‘irlashib, reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Shu kungacha unga bosh mutaxassislar tomonidan konsultatsiyalar, mamlakatdagi tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining shifokorlari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazorati ta’minlangan.

Biroq standartlar bo‘yicha ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: koronavirusdan vafot etdi, Samarqandlik, Charter reys | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя