Главная » 2020 » Апрель » 17 » Dahshat! Nukusda ota uxlab yotgan o‘g‘lini bolta bilan o‘ldirmoqchi bo‘ldi
21:56

Dahshat! Nukusda ota uxlab yotgan o‘g‘lini bolta bilan o‘ldirmoqchi bo‘ldi


Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida janjallashish oqibatida o‘ldirish bilan tahdid qilgan o‘g‘liga bolta bilan tajovuz qildi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot-xizmati.

Hodisa 15 aprel kuni yuz bergan.

Nukusda yashovchi, hech qayerda ishlamaydigan 33 yashar A.K. mast holda otasi bilan o‘zaro janjallashgan. O‘g‘il otani haqorat qilib, o‘ldirish bilan tahdid qilgan.

Shundan so‘ng o‘g‘lining uxlab qolganligidan foydalanib, ota xo‘jalik boltasi bilan uning chap tomon bosh va yuz qismiga urib, qasddan o‘ldirishga suiqasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan erkakka nisbatan JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U ushlangan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘ldirmoqchi bo‘ldi, Ota, dahshat, Nukusda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя