Главная » 2020 » Август » 23 » Hindiston koronavirusga qarshi vaksinasi qachon tayyor bo‘lishini ma’lum qildi
19:42

Hindiston koronavirusga qarshi vaksinasi qachon tayyor bo‘lishini ma’lum qildi


Shu yil oxirigacha Hindiston koronavirusga qarshi o‘z vaksinasini ishlab chiqarishi mumkin. Bu haqda 23- avgust kuni sog‘liqni saqlash vaziri Xarsh Vardxan ma'lum qilgan.

«Hammasi yaxshi bo‘lishidan umid qilaman. Hindiston shu yil oxirigacha koronavirusga qarshi o‘z vaksinasiga ega bo‘ladi. Hozircha biz kuzatish, sinash va davolashga e’tiborimizni qaratayotgan bir paytda olimlarimiz koronavirusni iloji boricha tezroq yengish uchun vaksina yaratish ustida ishlashmoqda», — deb yozadi u «Twitter»da.

Hindiston tibbiy tadqiqotlar kengashi bosh direktori Balram Bxargavning so‘zlariga ko‘ra, Hindistonda «Bharat Biotech» va «Zydus Cadila» kompaniyalari uchta vaksina ustida ish olib borishmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: qachon tayyor bo‘lishini, koronavirusga qarshi vaksinasi, Hindiston, ma’lum qildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя