Главная » 2017 » Март » 6 » Kollejda ikkinchi mutaxassislik bormi?
13:14

Kollejda ikkinchi mutaxassislik bormi?


“Kollejlarda ham ikkinchi mutaxassislikka o‘qisa bo‘ladimi? Agar mumkin bo‘lsa, necha yoshgacha va o‘qish muddati qancha”

Qudrat Isaev, Toshkent shahri

X.Zikrillaev, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi direktorining birinchi o‘rinbosari:

— O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008 yil 21 avgustda 1844-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 2-bandida o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli mutaxassis darajasiga ega bo‘lgan shaxslar — o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotni olish huquqiga egaligi ko‘rsatilgan. O‘quvchilar yoshi cheklanmagan bo‘lib, o‘qish muddati asosan bir yilu, olti oydan iborat.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: kollej, ikkinchi mutaxassislik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя