Главная » 2020 » Апрель » 21 » Mavsumiy allergiyani koronavirusdan qanday farqlash mumkinligi ma'lum qilindi
23:04

Mavsumiy allergiyani koronavirusdan qanday farqlash mumkinligi ma'lum qilindi


Mavsumiy allergiya va koronavirusda o‘xshash alomatlar bor, biroq ularni farqlash mumkin.

Bu haqda Britaniya umumiy amaliyot shifokorlarining qirollik kolleji professori Martin Marshall so'zlab berdi.

Allergiyaning asosiy alomatlari – tumov yoki burun bitishi, aksirish, ko‘z yoshlanishi, ba'zida yo‘tal hisoblanadi. Bu alomatlar ob-havo yoki kunning qismiga qarab kuchayishi yoki sustlashishi mumkin. Misol uchun, kunduzi va kechasi gul changlari odatda ko‘proq bo‘ladi va inson o‘zini ertalabga qaraganda yomonroq his qilishi, yog‘ingarchilikda esa alomatlar kuchsizlanishi mumkin.

Koronavirus esa yuqori tana harorati va to‘xtovsiz yo‘tal bilan farqlanib, bu alomatlar tashqi omillarga bog‘liq bo‘lmaydi. Bu holatda shifokor chaqirtirib, o‘zini izolyatsiya qilish lozim.


Manba: "kun.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: koronavirusdan, Mavsumiy allergiyani, ma'lum qilindi, mumkinligi, qanday farqlash | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя