Загрузка...
Главная » 2018 » Июнь » 14 » OTMga hujjatlar 16 iyundan boshlab qabul qilinadi
13:01
OTMga hujjatlar 16 iyundan boshlab qabul qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 11 iyun kunidagi “Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori bilan 15 iyun dam olish kuni sifatida belgilanganligi sababli abiturientlardan oliy ta’lim muassasalariga hujjatlar 16 iyundan boshlab qabul qilinadi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Avvalroq, qabul jarayoni 15 iyundan 15 iyulga qadar davom etishi belgilangan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil tashkil etilishi rejalashtirilgan OTM qabul test natijalari onlayn e’lon qilinadi. Test sinovlari kunduzgi, maxsus sirtqi va kechki (smenali) ta’lim shakli uchun har yili 1 avgustdan 15 avgustgacha bo‘lgan muddatda, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi. Birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.

Test topshiriqlarini bajarish uchun 30 ta test topshirig‘iga 1 soat, 60 ta test topshirig‘iga 2 soat, 90 ta test topshirig‘iga 3 soat vaqt belgilanadi. Bunda e’tibor berish kerakki, bu vaqt javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga berilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kimlar test imtihonlaridan ozod etilishi haqida ma’lumot berilgandi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 139 | Добавил: ADMIN | Теги: boshlab, OTM, qabul qilinadi, 16 iyun, hujjatlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2018 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |