Главная » 2017 » Январь » 22 » Sarvar va Komil Shahzodaga qo‘shiqlarini tekinga yozib beradimi?
17:30

Sarvar va Komil Shahzodaga qo‘shiqlarini tekinga yozib beradimi?


Xonandalar Sarvar va Komil xonandalikdan tashqari bastakorlik bilan shug‘ullanadi. O‘zbek estradasidagi ko‘plab xit taronalar ana shu ikki ijodkor qalamiga mansub.

Xonandalar “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida konsertga tayyorgarlik jarayonlari va boshqa hamkasblariga qancha evaziga qo‘shiq yozib berishi haqida so‘zlab berishdi. 

Xususan, sayt muxbirining “Shahzodaga yozib beradigan qo‘shiqlaringiz bir xil yo‘nalishda” degan fikriga ijodkorlar quyidagicha javob berdi:

“Har bir xonandaning o‘z yo‘nalishi bor. O‘sha yo‘nalishni ushlab turishga harakat qilish kerak. Undan chiqib ketish kerak emas. Biz yaratayotgan qo‘shiqlarimiz shu xonandaning yo‘nalishiga mos tushishiga ahamiyat beramiz. Lekin, Shahzodaga biz yozib berayotgan qo‘shiqlarning hammasi bir xil degan fikr mutlaqo noto‘g‘ri. Shahzodaga biz yozib berayotgan qo‘shiqlar bir-biriga o‘xshash bo‘lsa, bu xonandaning yo‘nalishi bilan bog‘liq”

“Shahzodaga tekinga qo‘shiq yozib berarkansiz” degan savolga esa “Benom” guruhi xonandalari quyidagicha javob berdi: 

“Yo‘q, bu mutlaqo noto‘g‘ri ma’lumot. Qo‘shiqlarning narxi hamma san’atkorlar uchun bir xil”.

Ma’lumot uchun, Shahzodaning aksariyat xit qo‘shiqlari Sarvar va Komilning ijodiga mansub. Xonandaning xit darajasiga ko‘tarilgan “Chikko” va “Shunchaki” qo‘shiqlari shular jumlasidan. 

“Ayrim hollarda esa qo‘shiqlarimizni istalgan san’atkorga sovg‘a qilishimiz mumkin. Masalan, bironta qo‘shiqni Loladan boshqa hech kim ijro etolmasligi aniq bo‘lsa, biz qo‘shiqni Lolaga sovg‘a qilishimiz mumkin”,—deydi guruh yakkaxonlaridan biri Sarvar.—Shunday paytlar bo‘ladiki, bitta qo‘shig‘imizga 20 nafar san’atkor xaridor bo‘ladi. Masalan, xit bo‘lgan qo‘shiqlarimizdan birini bir necha san’atkor kuylash istagini bildirgan. O‘shanda qo‘shiq eng ko‘p pul taklif qilgan xonandaga berilgan” 

Xonandalar Sarvar va Komil 15-16 fevral kunlari “Istiqlol” san’at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: qo‘shiqlar, sarvar va komil, Shahzoda, tekinga yozib beradimi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя