Главная » 2017 » Январь » 17 » Shahzoda bir o‘q bilan ikki quyonni urdi
16:16

Shahzoda bir o‘q bilan ikki quyonni urdi


Xonanda Shahzoda BAAning Dubay shahrida oilaviy hordiq chiqarayotgani haqida xabar bergan edik. 

Har bir daqiqadan unumli foydalanishga urinadigan Shahzoda bir o‘q bilan ikki quyonni urdi. Dam olish o‘z yo‘liga, muxlislar uchun esa yangi ijod namunasi ham deyarli tayyor.

Shahzoda o‘zining yangi “Billionaire” qo‘shig‘iga Dubayning so‘lim go‘shalarida klip suratga oldirdi. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi suratlaridan buni sezish qiyin emas. Suratga olish jarayonida Shahzodaning duetdoshi, ruminiyalik xonanda Dr.Costi ham ishtirok etdi. Yangi video ketma-ketlikni rejissyor Timur Pirimqulov suratga olmoqda.

Qayd etish joizki, “Billionaire” Shahzoda va Dr.Costi`ning birinchi hamkorligi emas. Bunga qadar ikki ijodkor “Moy zolotoy”, “Xabibi” kabi qo‘shiqlarni birgalikda ijro etgan.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Shahzoda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя