Главная » 2018 » Апрель » 13 » Shahzoda Matchonova Xalqaro mukofotga nomzod bo‘ldi
19:13

Shahzoda Matchonova Xalqaro mukofotga nomzod bo‘ldi


O‘zbek kino yulduzi Shahzoda Matchonova Qirg‘izistonga boradi. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozgan.

“Shu kunlarda judayam xursand bo‘lib yuribman. Bishkekdan yangilik keldi. Men “Ak Ilbirs” Milliy kinomukofoti tomonidan “Ma’suma” (rejissyor Yolqin To‘ychiev) filmi uchun “Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi”ga nomzod qilib ko‘rsatilibman. Men uchun nomzod bo‘lishning o‘zi g‘alaba. Do‘stlar menga omad tilanglar”, degan u.

Aktrisa 26 aprel kuni Bishkek shahrida bo‘lishini ta’kidlagan.

Ma’lumot o‘rnida, mashhur o‘zbek aktrisasi Shahzoda Matchonova 30 dan ortiq filmda rol ijro etgan. Jumladan, qirg‘izlarning “Yotoqxona” serialida suratga tushgan.

Sunnatilla Abdullaev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Shahzoda Matchonova, Xalqaro mukofot | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя