Главная » 2017 » Февраль » 1 » Shahzoda to‘ng‘ich o‘g‘li Solihga qo‘shiq kuylashga ruxsat bermasligi haqida gapirdi
12:10

Shahzoda to‘ng‘ich o‘g‘li Solihga qo‘shiq kuylashga ruxsat bermasligi haqida gapirdi


Xonanda Shahzoda o‘z fan-klubi a’zolari bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvda muxlislar xonandaga o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi. Xususan, Shahzoda fan-klubi a’zolaridan biri “Men san’atkor bo‘lishni istayman. Siz menga shu ishni qilishni tavsiya qilasizmi?” deya savol berdi. 

Shahzoda esa bunga javoban:

“Agar san’atkor bo‘lishingiz haqidagi qaroringizni ota-onangiz ham qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa, men ham tavsiya qilaman. Siz avvalo nima uchun san’atkor bo‘lishni istayotganingizni aniqlab oling. Ayrimlar o‘zini televizorda ko‘rishni istagani uchun, boshqalar atrofdagilarga nimanidir isbotlamoqchi bo‘lgani uchun qo‘shiq kuylaydi. Agar qaroringiz qat’iy bo‘lsa, albatta xonanda bo‘lishingizni tavsiya qilaman”,—deya javob qaytardi.

Shuningdek, u to‘ng‘ich o‘g‘li Solihning ham qo‘shiq kuylashga qiziqishini aytib o‘tdi:

“Katta o‘g‘lim Solih ham bolaligidan qo‘shiq kuylashga qiziqadi. Unga ayniqsa HIP-HOP, REP yo‘nalishlari yoqadi. Solih har safar mendan biror qo‘shiqni kuylab, uni ovoz yozish studiyasida yozish uchun ruxsat so‘raydi. Biroq, men unga ‘Avval institutni tamomlab, jiddiy ish bilan shug‘ullan, qo‘shiq aytish esa shunchaki xobbing bo‘ladi’, deyman”.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Shahzoda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя