Главная » 2020 » Май » 12 » Yana bir nechta bemor koronavirusdan tuzaldi
16:59

Yana bir nechta bemor koronavirusdan tuzaldi


Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 6 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 6 nafar, Surxondaryo viloyatida yana 2 nafar, jami 14 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayganlarning 5 nafari Toshkent shahridan, 1 nafari Andijon viloyatidan. Ulardan 4 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 1 nafari Rossiyadan, yana 1 nafari Tojikistondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Bemorlardan 5 nafari erkak, 1 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 72 yoshda bo‘lsa, eng yoshi 4 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 5 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, 1 nafari Rossiyadan, 3 nafari Qozog‘istondan, yana bir nafari esa Dubay-Toshkent charter reysi bilan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 1 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, ular Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahri, shuningdek, Tojikiston Respublikasidan 1 nafardan fuqaroni tashkil qiladi.. Ular orasida eng yoshi kattasi 47 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 26 yoshda. Toshkent shahrida shu paytga qadar sog‘ayganlar 628 nafar yetdi.

Surxondaryoda tuzalganlarning 2 nafari ham (49 yoshli erkak Jarqo‘rg‘on tumanidan, 33 yoshli erkak Angor tumanidan) ushbu viloyatdan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Viloyatda shu paytga qadar sog‘ayganlar 40 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2010 nafarni tashkil etmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tuzaldi, koronavirusdan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя