Главная » 2017 » Февраль » 7 » Yonib ketgan "Manas" restorani qachon ochilishi ma’lum qilindi
15:57

Yonib ketgan "Manas" restorani qachon ochilishi ma’lum qilindi


Biroz avval, Toshkentning Usmon Nosir ko‘chasida joylashgan "Manas" restoranida yong‘in chiqqani, restoranning asosiy qismi yonib kul bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Restoran ma’muriyati ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan suratlar va gap-so‘zlarga izoh berdi.
 
"Ha, bu haqiqat. Bizning sevimli restoranimiz yonib ketdi. Muhimi shundaki, hech kim jabr ko‘rmadi. "Manas" faqatgina bino emas, bu bizning jamoa, mana shu tashvish birlashtirgan oilamiz. Binoni o‘z holiga qaytarish qiyin emas. Tez kunlarda restoranimiz ochilishi haqida ma’lum qilamiz", deb yoziladi restoranning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
 
Hozirgacha yong‘in nima sababdan kelib chiqqani haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. Olovni bartaraf etish uchun 7 ta o‘t o‘chirish mashinasi safarbar etilgan. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ma’lum qilindi, yondi, Manas, Restoran, yonib ketgan, qachon ochilishi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя