Главная » 2017 » Апрель » 15 » Ana xolos! Suriyadagi kimyoviy hujum aslida bo‘lganmidi?
21:12

Ana xolos! Suriyadagi kimyoviy hujum aslida bo‘lganmidi?


4 aprel kuni Suriyaning Idlib provinsiyasida yuz bergan zaharli gaz voqeasi, mana 10 kundirki, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Voqea siyosatchilar va jamoat vakillarining fikrlarini ikki tarafga ajratdi. Ayrimlar bu hodisada Suriya rahbari Bashar Asadni aybdor qilishdi, yana ayrimlar esa jangarilarni aybladi.

Suriyadagi vaziyat aks etgan videolavhani tomosha qilgan AQSh prezidenti Donald Tramp buni adolatsiz, deb baholadi va Suriya bazasini bombardion qilishga buyruq berdi.

Suriyada sodir bo‘lgan kimyoviy hujum oqibatida o‘nlab ayollar va yosh bolalar halok bo‘lishganini alohida ta’kidlash zarur. “Boeingisback.com” sayti mazkur hodisa haqida bir necha faktlarni taqdim etdi. Ular bilan tanishtiramiz.

Birinchi fakt:

OAV orqali Suriyadagi vaziyat keskin ekani, kimyoviy hujum vaqtida zarin gazi tarqalgani haqida xabar berildi. Bu gaz 15 daqiqa ichida o‘limni keltirib chiqaradi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: agar zaharli gaz 15 daqiqa ichida ta’sir qilib, havoda 1 sutka davomida saqlanib qolsa, unda jurnalistlar qanday qilib bu hududga kirib borishdi? Qay tarzda suratga olishdi?

Zaharli gaz hududiga jurnalistlar guruhini kiritmasliklari aniq edi. Zarin moddasi tarqagan hududda bo‘lgan jurnalistlar va operatorlarning hech biriga zarar yetmagani shubha uyg‘otadi.

Videoda avvaliga kattalar halok bo‘lganini, keyin esa bolalar vafot etganini ko‘rish mumkin. Bu fizik qonuniyatlarga to‘g‘ri kelmaydi, sababi nimjon bolalar kattalardan avval jon berishlari kerak edi.

Bundan tashqari, zarin gazi videoda aks etganidek asfaltda voronka hosil qilmaydi. Bu gaz yer ustida parlanadi.

Ikkinchi fakt:

Bu haqiqatan zarinmidi? Zarindan zaharlanish tutqanoq, tomir tortishishi, terlash, ko‘p so‘lak ajralishi, kuchli og‘riqni keltirib chiqaradi. Zarin inson terisi bilan aloqaga kirishgach, halok qiladi. Videoda esa odamlarning bunday holati aks etmagan. Ularning burunlaridan qon oqishi, faqatgina ko‘p so‘lak oqishi tasvirlangan.

“Shved shifokorlari inson huquqlari tarafdori” nodavlat tadqiqot tashkiloti raisi, professor Ferrada de Noli kimyoviy hujum qurbonlari aks etgan videoni tahlil qilib, quyidagi xulosaga keldi:

“Fikrimizcha, videoda tasvirlangan bolalar zaharli gaz emas, giyohvand modda ta’siri ostida bo‘lishgan. Adrenalin in’eksiyasi noto‘g‘ri qilinganida, o‘limga olib kelishi mumkin”.

Uchinchi fakt:

Suriyadagi kimyoviy hujum uyushtirilgani haqidagi xabar 4 aprel kuni ertalab tarqaldi, Idlibda yuz bergan hodisa esa bundan bir necha soat keyin, ya’ni 11:00da sodir bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, 06:22da falokat joyidan onlayn translyatsiya qilish boshlangan, 10 daqiqadan keyin esa bu video YouTube’ga joylangan.

Video tasvirlari dahshatli, rolik esa 3 aprel kuni tayyorlangan. Video internetga joylangach, u haqdagi barcha ma’lumotlar, xususan, kim tomonidan qachon suratga olingani o‘chirilgan. Bu esa videoni avvaldan tayyorlanganini ko‘rsatishi mumkin.

To‘rtinchi fakt:

Dunyoning yetakchi OAVlari bo‘lgan CBS, CNN, “ABC News”, “Euronews”, “SmartNews”, AP o‘z xabarlarida “Oq kaskalar” nodavlat tashkiloti tomonidan olingan videorolik lavhalaridan foydalanishgan. Vaziyatga xolis baho berish uchun boshqa manbalardan foydalanilmagan.

Xavfsizlik bo‘yicha amerikalik ekspert Joel Skausen kimyoviy hujum soxta ekanini xulosa qildi. “Oq kaskalar” tomonidan tayyorlangan videoni sinchkovlik bilan tekshirish lozim, deydi mutaxassis.

Videoda aks etgan guvohlar bilan ham bog‘lanishning iloji bo‘lmagan.

“Donald Tramp yuqorida keltirilgan faktlarni inobatga olganida, balki Suriyaga qarshi hujum uyushtirmagan bo‘lmarmidi?!”, deyiladi manbada.

Shuni aytish kerakki, kimyoviy hujum voqeasi tasvirlangan video juda tez fursatda tarqaldi. Butun dunyo bu dahshatli voqeadan xabar topdi, ammo dalil yo‘q edi. Donald Tramp OAV orqali bu xabarni tarqatishga ruxsat berdi, lekin ekspertlarning tekshiruv olib borishiga yo‘l qo‘ymadi. Shundan so‘ng, AQSh javob hujumini uyushtirdi. Bu orqali u Bashar Asadning kimyoviy quroldan foydalanganini isbotlamoqchi bo‘lganmi, bizga qorong‘u.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: aslida bo‘lganmidi, Ana Xolos, Suriyada, kimyoviy hujum | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя