Главная » 2016 » Ноябрь » 22 » It 4 oylik chaqaloqqa hujum qildi
08:09

It 4 oylik chaqaloqqa hujum qildi


20 noyabr kuni Rossiyaning Chelyabinsk viloyati IIV Bosh boshqarmasi itning go‘dakka hujum qilgani haqida xabar qildi. Rossiyaning “NTV” telekanalining ma’lum qilishicha, Korkino shahrida shanba kuni ertalab itlarning urushqoq turiga mansub mastif zotli jonivor 4 oylik chaqaloqqa hamla qilgan.
 
Ma’lum bo‘lishicha, go‘dakning ota-onasi chaqaloqni 1 daqiqaga xonada yolg‘iz qoldirishgan. Bu vaziyatdan foydalangan jonivor esa go‘dakka hamla qilib, natijada unga jiddiy tan jarohati yetkazgan. Bosh qismidan jarohat olgan chaqaloq shahar shifoxonasiga yetkazilgan.
 
Ayni vaqtda polisiya xizmati xodimlari yuz bergan noxush voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlashgan. Chaqaloqning ota-onasi mastif zotli itlarni boqish bilan shug‘ullanishganligi aniqlandi. Uyda bunday turdagi itlardan ikkitasi yashagan.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: 4 oylik, IT, Chaqaloq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя