Главная » 2020 » Апрель » 20 » Koronavirusning g‘alati jihatlari ma’lum qilindi
10:01

Koronavirusning g‘alati jihatlari ma’lum qilindi


Yuqumli kasalliklar shifokori, rossiyalik Vladimir Nikiforov COVID-19 ning g‘alati jihatlari haqida gapirdi. U bu haqda “Rossiya 1” telekanali efirida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, koronavirus klassik epidemiologiya qonunlariga amal qilmaydi. Shifokor, shuningdek, bemorning o‘pkasidagi o‘zgarishlar va uning sog‘lig‘i holatlarining mos kelmasligi haqida ta’kidladi.

Nikiforovning ta’kidlashicha, keyinchalik “halokatli holat” yuz beradi va bemorning ahvoli yomonlashadi.

Yuqumli kasalliklar mutaxassisi rentgen bilan qaralsa, koronavirusda pnevmoniya belgilari deyarli yo‘qligini ta’kidladi.

“Bizni yangi bir narsa kutmoqda. Men bu dahshatli deb aytmasdim, lekin hamma narsa tushunarsiz - hammasi g‘alati” deya qo‘shib qo‘ydi Nikiforov.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: g‘alati jihatlari, koronavirusning, ma’lum qilindi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя