Главная » 2020 » Апрель » 16 » Koronavirusning yangi alomati bemorlarning oyoqlarida aniqlandi
09:48

Koronavirusning yangi alomati bemorlarning oyoqlarida aniqlandi


Oyoqlardagi toshma koronavirus infeksiyasi alomatlaridan biri bo‘lishi mumkin, degan xulosaga kelishdi italiyalik va ispaniyalik shifokorlar. Bu haqda «Metro» xabar bergan.

COVID-19 tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan har beshinchi bemorda teri bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan. Bunday alomat, ayniqsa, bolalar va o‘smirlarda ko‘proq qayd etilgan.

Ispaniya pediatrlar assotsiatsiyasiga ko‘ra, koronavirusdagi toshma qizamiq yoki chechakka o‘xshab ketadi. Odatda qizarish oyoq barmoqlarida bo‘rtib chiqib, keyinchalik yo‘qoladi, tanada iz ham qoldirmaydi.

Tibbiyot xodimlari odamlarni bunday toshmalarga e’tiborli bo‘lishga, bordi-yu bunday holatga duch kelsa, uydan chiqmay o‘tirishga chaqirgan. Ekspertlar birgina shu belgi bilan tibbiyot markazilariga murojaat qilmaslikni, lekin shunga qaramay, bu alomatni payqagan zahoti sog‘likka yanada e’tiborliroq bo‘lishni tavsiya etmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: koronavirusning, bemorlarning, yangi alomati | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя