Главная » 2016 » Ноябрь » 1 » Rossiyada dunyodagi eng keksa aktyor vafot etdi
11:47

Rossiyada dunyodagi eng keksa aktyor vafot etdi


Bugun, 31 oktabr kuni rossiyalik taniqli aktyor Vladimir Zeldin 102 yoshda vafot etdi. Bu haqda “ RIA Novosti” xabar bermoqda. 

Aktyor shifoxonada, soat 9:00 da vafot etgan. Zeldin bundan bir necha hafta avval Moskvadagi klinikalardan biriga yotqizilgan edi. 

Aktyorning rafiqasi Ivetta Zeldinaning aytishicha, uning turmush o‘rtog‘i dastlab harbiy gospitalda davolangan, keyinchalik boshqa shifoxonaga yotqizilgan. 

Vladimir Mixaylovich Zeldin 2016 yilning fevral oyida 101 yoshga to‘lgan edi. U keksa bo‘lishiga qaramasdan Rossiya armiyasining markaziy akademik teatri sahnasida rol ijro etardi. 

Aktyor “Karnaval tuni”, “Aslzoda malika”, “31 iyun”, “O‘nta negr bolasi” kabi filmlarda rollar ijro etgan.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Rossiyada, vafot etdi, dunyodagi eng keksa aktyor | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя