Главная » 2020 » Май » 21 » Sartarosh asbob-uskunalaridan ham infeksiya yuqtirish mumkinmi?
21:41

Sartarosh asbob-uskunalaridan ham infeksiya yuqtirish mumkinmi?


O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 6 maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq koronavirus tarqalishi holatining hududlar kesimidagi tahlilidan kelib chiqib, karantin cheklovlari joriy yil 8 mayidan boshlab hududlar toifalarga ajratilgandi. “Yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda sartaroshxonalar ma’lum shartlar bilan faolyatini tiklashga ruxsat berilgandi.

Epideomilogik vaziyatni hisobga olganda bir savol tug‘iladi: Sartarosh asbob-uskunalaridan ham infeksiya yuqtirish mumkinmi?

Bu savolga bugun, 21 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Xabibulla Oqilov javob berdi.

“Mumkin. Hozirgi vaqtda go‘zallik saloni va sartaroshxonalar  sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda ishlashi, har bir mijozdan so‘ng kreslo va uskunalarni dezinfeksiyalash, niqob va ustki himoya kiyimi, bir martalik qo‘lqopda ishlash, tana haroratini o‘lchashlari zarur.

Maxsus komissiya sartaroshxonalarda ustaradan foydalanmaslikni, faqat soch kaltalatishni tavsiya qiladi. Chunki ustara ishlatishda niqob yechilishi kerak bo‘ladi”, dedi Oqilov.

Eslatib o'tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan ertaga, 22 maydan boshlab ochiq sayilgohlar, muzey va san’at galereyalari faoliyatiga ruxsat berildi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Infeksiya, Sartarosh, yuqtirish, mumkinmi, asbob-uskunalaridan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя