Главная » 2016 » Ноябрь » 2 » Shahzoda Matchonova “Aldangan farishtalar” va “O‘tgan kunlar” filmlarida suratga tushmoqda
15:05

Shahzoda Matchonova “Aldangan farishtalar” va “O‘tgan kunlar” filmlarida suratga tushmoqda


Aktrisa Shahzoda Matchonova kinodagi ijodi haqida Instagram’dagi sahifasi orqali muntazam axborot berib turadi.

Aktrisa rejissor Yolqin To‘ychiyevning “Ma’suma” nomli yangi filmida suratga tushgani, film premyerasi yaqin orada bo‘lishi haqida avval xabar berilgan edi.

Shahzoda Matchonovaning Instagram’da ma’lum qilishicha, u ishchi nomlari “Aldangan farishtalar” va “O‘tgan kunlar” nomli filmlarda ham suratga tushmoqda.

Filmlar syujeti, kim tomonidan suratga olinayotgani, taqdimoti haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. “O‘tgan kunlar” filmida Matchonova shifokor rolini ijro etishi ko‘rsatilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Aldangan farishtalar, O‘tgan kunlar, Shahzoda Matchonova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя