Главная » 2021 » Май » 7 » Tez orada yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan kasblar ro‘yxati e’lon qilindi
10:48

Tez orada yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan kasblar ro‘yxati e’lon qilindi


Yaqin kelajakda ko‘plab kasblarni jiddiy evolyutsiya kutmoqda. Bu haqda Rossiya hukumati qoshidagi Moliya universitetining prorektori Aleksandr Safonov “Rossiyskaya gazeta” nashri bilan bo‘lgan suhbatda aytib o‘tdi, deb yozmoqda Tengrinews.

Xususan, uning fikriga ko‘ra, hisobchilik kabi kasblar qoladi, lekin ular boshqa vazifalarni bajaradi.

“Axir buxgalter nafaqat chiqim va kirimlarning buxgalteri, balki tannarxning ayrim tarkibiy qismlari bo‘yicha xarajatlarning samaradorligini baholaydigan shaxs ham hisoblanadi. U auditor, soliq maslahatchisi sifatida ancha ahamiyatli o‘ringa ega. Va bankdagi hech qanday kompyuter dasturlari uning o‘rnini bosa olmaydi, chunki moliya juda shaxsiy soha”, — dedi mutaxassis.

Safonovning ta’diklashicha, bozorda malakali va raqobatbardosh bo‘lib qolishni istagan har qanday mutaxassis yangi bilimlarni o‘zlashtirishi kerak.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin 10 yilda haydovchilik kabi ommaviy kasblar jiddiy xavf ostida qoladi.

“Hozirning o‘zida ko‘plab mamlakatlar avtopilot rejimini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu faqat mashinalar uchun ‘miyalar’ ishlab chiqish bilan bog‘liq emas, balki mobil aloqa bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan joylashuvni aniqlash tizimini o‘z ichiga oladi. Masalan, metroni to‘liq avtomatlashtirish va inson omilini butunlay cheklash mumkin. Teplovoz, elektrovoz, tramvay, trolleybus, avtobuslarni ham shunday qismat kutmoqda. Ushbu kasb egalari ularning o‘rnini elektronika egallasa, nima bilan shug‘ullanishi haqida hozirdan bosh qotirishi lozim. Texnika sinovida nima sodir bo‘lganini ko‘ring. Avvallari havo kemasining ekipaji yetti kishi — bortmexanik, shturman, ikkinchi uchuvchi kabi mutaxassislardan iborat bo‘lgan bo‘lsa, hozirga kelib kerakli tugmalarni vaqtida bosib turadigan ikkita mutaxassisning o‘zi yetarli. Hamma narsa shunchalik avtomatlashib ketdi. Yaqin kelajakda esa samolyotni bir kishi boshqarishiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Chunki kompyuter texnologiyalari juda tez rivojlanib boryapti”, — deb ta’kidladi mutaxassis.

Shu bilan birga, Safonovning so‘zlariga ko‘ra, bir marta o‘rganib, shu bilan nafaqaga chiqish mumkin bo‘lgan ba’zi kasblar qoladi. Ular orasida o‘qituvchilik va shifokorlik bor.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: ro‘yxati, kasblar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя