Главная » 2017 » Февраль » 15 » Farhod Maxmudov: “Baron”ni Shavkat Mirziyoev tomosha qilganini eshitib, g‘ururga to‘ldim
11:15

Farhod Maxmudov: “Baron”ni Shavkat Mirziyoev tomosha qilganini eshitib, g‘ururga to‘ldim


“E’tirof-2016” taqdirlash marosimida “Chet mamlakatlardagi eng yaxshi film aktyori”

Nominatsiyasi g‘olibi deb topilgan aktyor Farhod Maxmudov o‘zining ayni paytdagi kechinmalari va hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi:

—Men bundan 28 yil avval Rossiyaga o‘qishga ketganman. Rustam Sa’diev “Baron”da suratga tushish taklifi bilan menga qo‘ng‘iroq qildi. Go‘shakni qo‘yib, ancha paytgacha qotib turdim. Shunda o‘g‘lim mendan nima bo‘lganini so‘radi. Men unga bu qo‘ng‘iroqni 28 yil kutganimni aytdim. Bu mo‘jiza edi. Filmimizni Shavkat Mirziyoev tomosha qilganini eshitganimda o‘zgacha g‘ururga to‘ldim. Aytgancha, u inson o‘sha paytda O‘zbekiston bosh vaziri edi. Hozir esa O‘zbekiston prezidenti. Ishonchim komil, Bunday Prezident bilan O‘zbekiston madaniyati kelgusida yanada rivojlanadi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Farhod Maxmudov, Shavkat Mirziyoev, Baron | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя